Qurilish ishlari deputatlik nazoratida
Xalq deputatlari Termiz tumani Kengashi 4-Yangihayot saylov okrugi deputati G. Shafoatova hamda tuman Kengashi mutaxassisi K. Abdullayeva bilan birgalikda "Yangihayot" MFY hududida barpo etilayotgan Termiz tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining yangi ma’muriy binosida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida qurilish ishlari yakuniy bosqichga yetgani, ichki va tashqi pardozlash ishlari izchil olib borilayotgani hamda obyektning qurilish sifati amaldagi me’yor va talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, qurilish ishlarini belgilangan muddatda sifatli yakunlash, aniqlangan mayda kamchiliklarni bartaraf etish va obyektni foydalanishga tayyor holatga keltirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.