Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga «3-Taskent» saylov okrugidan saylangan deputat Kurbanov Baxtiyor Gabbaraliyevichning xududida tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Shoymardanov bo‘lib, aholi bilan ochiq muloqotlarni yo‘lga qo‘yish, mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlarini qo‘llab-quvvatlash va fuqarolarning bunyodkorlik jarayonlaridagi faolligini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar izchil davom ettirilmoqda.
Navbatdagi o‘rganishlar davomida deputat mahalla faollari va nuroniylari bilan birgalikda «Mustaqillik» mahallasida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarining borishi bilan yaqindan tanishdi.
Xususan, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, sanitariya-tozalik hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari ko‘zdan kechirilib, jamoatchilik nazorati amalga oshirildi.