35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
Kengash_faoliyati

#deputat_faoliyati 

#doimiy_komissiya_faoliyati

#kotibiyat_xodimi_faoliyati 

#162_ta_Qonunlar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman Madaniyat bo‘limida "Madaniyat to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida haftalik ish reja ijrosini ta'minlash hamda madaniyat va san'at sohasini rivojlantirish borasida deputatlik nazorati tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi a’zosi S.Shaydilov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari bilan uchrashdi.

Tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasining “Madaniyat to‘g‘risida”gi Qonuni (O‘RQ–668-son) ijrosini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha o‘rganildi.

 Monitoring jarayonida tumandagi madaniyat markazlari faoliyati, madaniy-ma’rifiy tadbirlarning tashkil etilishi, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda sohaning moddiy-texnik bazasini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratilib, soha mas’ullariga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2