35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi


Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi ish rejasiga muvofiq, O‘zbekiston Ekologik partiyasidan 10-Birlashgan saylov okrugidan saylangan deputat D. Teshaboyev tomonidan “Chinmasjid” mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi Qo‘chqorov Baxtiyor tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va daromad manbalarini shakllantirish borasidagi faoliyati o'rganildi.

O'rganish davomida:

📌 “Onlayn mahalla” oilaviy tadbirkorlik dasturi doirasida jami 1 milliard 96 million so‘m miqdorida 17,5 foizli imtiyozli kreditlar ajratildi.
📅 2026-yilda — 656 million so‘m kredit mablag‘i 48 nafar fuqaroga ajratildi:
🔶 25 nafar — chorvachilik yo‘nalishida;
🔶 4 nafar — qishloq xo‘jaligi asbob-uskunalarini xarid qilish uchun;
🔶 5 nafar — issiqxona tashkil etish uchun;
🔶 14 nafar — tikuvchilik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun.

💰 “Mahalla loyihasi” doirasida jami 1 milliard 300 million so‘m miqdorida 25 foizli kreditlar ajratildi.

📊 Shundan 2026-yilda 780 million so‘m mablag‘:
🔶 chorvachilik;
🔶 issiqxona;
🔶 tikuvchilik yo‘nalishlarini rivojlantirishga yo‘naltirildi.

✅ Bugungi kunga kelib, ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha belgilangan rejalar to‘liq bajarildi.
🔹 Ayni paytda mahallada ijtimoiy reestrda 14 ta oila mavjud.
Ularning daromad manbalarini shakllantirish maqsadida davlat tomonidan zarur yordamlar ko‘rsatildi.
🔹 7 ta oila — tikuvchilik yo‘nalishida;
🔹 2 ta oila — foto va dizaynerlik faoliyati uchun noutbuk xarid qilish maqsadida;
💰 Jami 39 million so‘mlik ssuda mablag‘lari ajratildi.
Shuningdek:
🔹 4 ta oilaga tikuvchilik faoliyatini tashkil etish va rivojlantirish uchun jami 65 million so‘mlik imtiyozli kreditlar berildi.
🔹 Aholining kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda ularni doimiy daromad manbaiga ega qilish maqsadida 2026-yil davomida 9 nafar fuqaro turli kasb-hunarlarga o‘qitilib, ularning bandligi ta’minlandi.

🌀 Chinmasjid MFY hududida “ZSRCO” MChJ un zavodi ishga tushirildi.
🌀 Natijada 65 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
🌀 Ushbu ish o‘rinlarining 25 tasiga mahalla fuqarolari ishga joylashtirildi.

Slide 1 of 2