Bank faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S. Matyaqubova O‘zmilliybank AJ Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir BXOda bo‘lib, filial mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Bekturdiyev Temurbek Alisher o‘g‘li bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ–580-son “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi, uning amaliyotdagi qo‘llanilishi hamda belgilangan talablarning bajarilishi holati o‘rganildi.
Shuningdek, bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, aholiga va tadbirkorlik subyektlariga ko‘rsatilayotgan zamonaviy bank xizmatlari, moliyaviy xizmatlar sifati hamda hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida bankning o‘rni yuzasidan fikr almashild
i.
Bank faoliyati, mijozlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlari va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilib, qonun hujjatlarida belgilangan talablarning ijrosini ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.