35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
Deputat ko‘chama-ko‘cha o‘rganish olib bordi.

Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining 7-"Yo‘ldoshobod" saylov okrugi deputati M.Dexqonov, Kengash Kotibiyati mudiri G‘.Abdullayev hamda O‘zLiDeP Bag‘dod tuman Kengashi apparat rahbari R.Yegitaliyev tomonidan "Xo‘jaqishloq" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida navbatdagi ko‘chama-ko‘cha o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida "Marvarid" ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro F.Ro‘zmatov tomonidan ichimlik suvi ta’minoti bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat bildirildi. Murojaatda Mirishkor ko‘chasidagi 15-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti yonida qazilgan ichimlik suvi qudug‘iga o‘rnatilgan suv minorasining texnik holati qoniqarsiz va ta’mirtalab bo‘lgani sababli bugungi kunda foydalanilmayotgani, buning oqibatida mazkur hududdagi aholi ichimlik suvidan to‘liq foydalana olmayotgani qayd etildi.

Shuningdek, fuqaro suv minorasini ta’mirlash hamda undan samarali foydalanishni ta’minlash maqsadida qulayroq joyga ko‘chirish bo‘yicha amaliy yordam so‘radi.

Aniqlangan mazkur masala deputatning "Ko‘chama-ko‘cha aylanish" daftariga qayd etilib, ijrosini ta’minlash maqsadida deputat so‘rovi yuborilishi belgilandi. 

Slide 1 of 5