35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Beruniy MFYdagi Beruniy ko‘chasida 1200 metr ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
янв.21
Ma’orif MFYdagi yaroqsiz suv minorasi muammosi joyida o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev Toshkent mahallasida “yettilik” faoliyati hamda erishlgan natijalar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Deputat tomonidan manfaatlar to‘qnashuvi tushuntirildi
янв.21
Ibin Sino MFYda saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi
янв.21
Yangiarab mahallasida aholini suyultirilgan gaz ballonlari bilan taʼminlash jarayoni o‘rganildi
янв.21
Yangiarab oilaviy shifokorlik punktida tibbiy xizmat sifati va mavjud sharoitlar o‘rganildi
Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi

Xalq deputatlari Chilonzor tuman Kengashi deputati, "Milliy tiklanish" partiyasi a’zosi Imamov Sanjarali Tolkinovichning deputat so‘roviga Chilonzor tuman hokimining qurilish, to‘siqsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalarni rivojlantirish, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari K. Xamrayev tomonidan javob taqdim etildi.
Ma’lum qilinishicha, Chilonzor tuman elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislari tomonidan hudud joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Natijada Beshqo‘rg‘on 3-berk ko‘chasi aholisini elektr tarmog‘iga ulash ishlari to‘liq yakunlanib, hudud 7981-sonli transformatorga ulandi.
Ayni paytda aholi uchun shaxsiy hisob raqamlarini ochish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda va yaqin vaqt ichida to‘liq yakunlanishi rejalashtirilgan.