Oʻrganish davomida ichki koʻchalarning sanitariya holati, obodonlashtirish ishlari hamda kommunal xizmatlar sifati koʻzdan kechirildi.
Xususan, "Shams" koʻchasida maishiy chiqindilarni oʻz vaqtida olib chiqishni tizimli yoʻlga qoʻyish zarurligi qayd etilib, bu borada tegishli tashkilotlarga amaliy takliflar bildirildi.
Oʻrganish yakunida aniqlangan muammolarni bartaraf etish va mahalla hududining sanitariya holatini yanada yaxshilash yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.