35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
янв.21
Obod MFYda deputat X. Raximovning 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
15-Yuksalish saylov okrugi deputati Ibragimov Azizbek Yusufjonovich tashabbusi bilan hududlarda qator amaliy ishlar amalga oshirildi
янв.21
Nurobod hududida obodonlashtirish va sanitariya ishlari olib borildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida yarim yillik faoliyati yuzasidan hisobot berdi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Ergashev o‘ziga biriktilgan investitsiya dasturi ijrosini o‘rgandi.
янв.21
Maktablarning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganilmoqda
янв.21
Deputat A. Ergashev sayyor uchrashuvda mahalla muammolarini o‘rgandi
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat S.Ramatjonov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Daxana” mahallasidagi ko‘p qavatli uy-joylarga “Titan Maxima” MChJ boshqaruv servis kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari, bolalar maydonchalarining holati, ko‘p qavatli uylarning yerto‘lalari, kirish yo‘laklari va umumiy foydalanish hududlarining sanitariya-texnik holati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish jarayonida hududlarning ozodaligi, yashil hududlarni parvarishlash, daraxt va manzarali o‘simliklarni sug‘orish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, ichki hovlilarni tartibga keltirish hamda aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha bajarilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, bolalar maydonchalarida o‘rnatilgan o‘yin jihozlarining texnik holati, xavfsizligi va ulardan foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganilib, ta’mirtalab va yangilanishi lozim bo‘lgan jihozlar yuzasidan takliflar bildirildi.

Deputat tomonidan ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari ham ko‘zdan kechirildi. Yerto‘lalarning sanitariya holati, namlikning oldini olish, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining sozligi, elektr va suv tarmoqlarining texnik holati, ventilyatsiya tizimlari hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, pod’ezd va yo‘laklarning tozaligi, yoritish tizimlarining ishlashi, kirish eshiklari, zinapoyalar, panjaralar va devorlarning holati ham o‘rganildi. Aholi bilan o‘tkazilgan suhbatlarda umumiy foydalanish joylarini ta’mirlash, bolalar maydonchalarini kengaytirish, qo‘shimcha o‘rindiqlar va chiqindi qutilari o‘rnatish, tashqi yoritish tizimini yaxshilash bo‘yicha taklif va murojaatlar bildirildi.

Slide 1 of 6