35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
янв.21
Obod MFYda deputat X. Raximovning 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
15-Yuksalish saylov okrugi deputati Ibragimov Azizbek Yusufjonovich tashabbusi bilan hududlarda qator amaliy ishlar amalga oshirildi
янв.21
Nurobod hududida obodonlashtirish va sanitariya ishlari olib borildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida yarim yillik faoliyati yuzasidan hisobot berdi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Ergashev o‘ziga biriktilgan investitsiya dasturi ijrosini o‘rgandi.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 20-24-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:

Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashining 20-24-iyul kunlari amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan ishlari haqida tanishing:

🇺🇿Hafta davomida:

Xalq deputatlari Uzun tuman Kengashi deputatlarining 2026-yilning ikkinchi yarim yilligi uchun saylovchilar bilan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq uchrashuvlarni tashkil etish va ijtimoiy tarmoqlarda yoritish.
Mas'ullar: Kotibiyat mudiri: O‘.Rajabov, bosh mutaxasssislar Sh.Ergasheva, U.Toshboyev.

✅Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputalari o‘z saylangan okrugi hududidagi mahallalarda fuqarolar bilan uchrashuv va qabullar, o‘rganishlar olib borish va ijtimoiy tarmoqlarda, televidiniye, radio va bosma nashrlarda haftalik chiqishlari yuzasidan reja-jadval asosida ishlarni amalga oshirish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev.

✅O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari va hukumat qarorlari, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar yuzasidan ishlab chiqilgan “yo‘l xaritalari”da Uzun tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarni manzilli o‘rganish hamda samarali nazoratni amalga oshirish rejasi asosida nazorat-tahlil tadbirlarini amalga oshirish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi KQ-35-V-sonli qarori asosida deputatlarning "mahalla yettiligi" bilan hamkorlik faoliyatiga ko'maklashish va natijasini ijtimoiy tarmoqlarda ommaga yoritish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Toshboyev

✅Hududlarda o'rganishlar davomida aholi muammo va murojaatlari yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlarini chiqarish va ijrosini nazoratga olish.
Mas'ullar: Kotibiyat bosh mutaxassislari Sh.Ergasheva, U.Toshboyev.

✅Hafta so'ngida Kengashning haftalik dayjestini ijtimoiy tarmoqlarda yoritish, Kelgusi hafta uchun Kengash ish rejasini ishlab chiqish.
Mas'ul: Kotibiyat bosh mutaxassisi Sh.Ergasheva