Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
Deputat saylovchilar oldida axborot berdi.

Xalq deputatlari viloyat va tuman Kengashlari deputatlarining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berish reja-grafigiga muvofiq, Xalq deputatlari Farg‘ona viloyati Kengashi deputati M.Xurboyev hamda Xalq deputatlari Bag‘dod tumani Kengashining deputati Z.Pirxonova tomonidan "Ultarma" mahalla fuqarolar yig‘inidagi 20-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida saylovchilar bilan ochiq muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda Kengash kotibiyat mudiri va bosh mutaxassislari, tumandagi tegishli tashkilot va korxona rahbari ishtirok etishdi.

Uchrashuv davomida deputatlar tomonidan 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi.
Jumladan:
🔹 Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar;
🔹 deputatlik so‘rovlari hamda ularning ijrosi;
🔹 saylovchilardan kelib tushgan murojaatlar bilan ishlash holati;
🔹 saylov okrugida aholini qiynab kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar;
🔹 hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlash borasida olib borilgan tashabbuslar haqida ma'lumotlar taqdim etildi.

Shuningdek, deputatlar mahalliy Kengashlarning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish hamda zarur hollarda tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish tartibi yuzasidan ham tushuntirishlar berishdi.

Slide 1 of 5