35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev mas’ul rahbarlar ishtirokida Qiziltepa mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan muhokama o‘tkazdi
янв.21
Yuksalish mahallasida zamonaviy sport majmuasi barpo etildi
янв.21
Ulug‘nor ko‘chasini asfaltlash bo‘yicha murojaat joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
#_munosabat

“O‘zgidromet tomonidan 18–20 iyul kunlari yurtimiz hududiga janubdan juda issiq havo oqimlari kirib kelishi prognoz qilinmoqda. Bunday ob-havo sharoitida har bir fuqaro o‘z salomatligini asrashga alohida e’tibor qaratishi muhim.
Ayniqsa, keksalar, bolalar, homilador ayollar hamda surunkali kasalligi bor fuqarolar zarurat bo‘lmasa, kunning eng issiq vaqtlarida ochiq havoda uzoq qolmasliklari, ko‘proq suyuqlik iste’mol qilishlari tavsiya etiladi.
Shuningdek, barcha tashkilot va korxonalar, mahalla faollari hamda mas’ul xizmatlar issiq havo oqibatlarining oldini olish bo‘yicha zarur choralarni kuchaytirishlari lozim. Elektr energiyasi va ichimlik suvidan oqilona foydalanish, yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
Fuqarolarimizni ehtiyotkor bo‘lishga, o‘z salomatligi va yaqinlari xavfsizligini asrashga chaqiraman. Birgalikdagi mas’uliyat va ogohlik orqali jazirama kunlarni sog‘-salomat o‘tkazamiz.”