35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish borasidagi ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Sh.Rasulova tomonidan "G‘oziyog‘lik" mahalla fuqarolar yig‘inida hokim yordamchisi T.Usmonovning O‘zbekiston Respublikasining 2012-yil 26-apreldagi O‘RQ–327-sonli "Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida"gi hamda 2012-yil 2-maydagi O‘RQ–328-sonli "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi Qonunlari ijrosi yuzasidan olib borayotgan faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi T.Usmonov tomonidan qonunlar ijrosini ta’minlash, aholini tadbirkorlikka jalb etish va ularning bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning o‘tgan davrida:
28 nafar fuqaroga tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun jami 299 million so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratilishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan;
3 nafar fuqaroga 43 million so‘m miqdorida ssuda ajratilishiga yordam berilgan;
Amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida 28 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.

Deputat tomonidan mazkur yo‘nalishdagi ishlar joyiga chiqib o‘rganilib, kredit va moliyaviy ko‘mak olgan fuqarolar faoliyati hamda yaratilgan yangi ish o‘rinlari bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarning davlat tomonidan yaratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanishi, tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarida ishtirok etish, kredit va ssuda ajratish tartibi hamda murojaatlarni ko‘rib chiqish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3