35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ochiq byudjet” loyihasida g‘olib bo‘lmagan tashabbuslar va ularning muammolari o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida yangi barpo etilgan ijtimoiy obyektlarda yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariqda “Albion” xususiy maktabi ochildi
янв.21
"Algoritm school" maktabining "B" bloki faoliyat boshladi
янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
📢 DEPUTAT NAZORATI: AHOLI MUROJAATI ASOSIDA QATʼIY SOʻROV YUBORILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Jamolbek Babajanov tomonidan hududdagi dolzarb infratuzilma muammosi yuzasidan qatʼiy deputatlik soʻrovi kiritildi.
Deputatning Tuproqqalʼa mahallasi aholisi bilan oʻtkazgan uchrashuvi davomida fuqarolar tomonidan haqli eʼtirozlar va jiddiy muammo oʻrtaga tashlandi. Aniqlanishicha, mahallaning deyarli barcha koʻchalarida asfalt yotqizish ishlari olib borilayotgan boʻlsa-da, aholi zich yashaydigan “Odillik” koʻchasining qariyb 900 metr qismi mutasaddilar eʼtiboridan chetda qolib, SHPS va asfalt qoplamasiz tashlab ketilgan.
Mazkur holat hudud aholisi, ayniqsa, keksalar va yosh bolalar uchun kundalik hayotda jiddiy noqulayliklar tugʻdirmoqda.
📌 Qonuniy choralarga oʻtildi:
Fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududni kompleks rivojlantirish maqsadida, deputat Jamolbek Babajanov tomonidan Shovot tumani Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi v.b. R.Ruzimovga rasmiy deputatlik soʻrovi yuborildi. Soʻrovda “Odillik” koʻchasiga zudlik bilan SHPS yotqizish va keyingi bosqichda asfaltlash ishlarini tashkil etish boʻyicha amaliy yordam koʻrsatish talab qilingan.
⚖️ Ijro muddaosi va qatʼiy nazorat:
Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq, masʼul tashkilot ushbu soʻrov yuzasidan 10 kun muddat ichida yozma javob taqdim etishi shart. Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 193-moddasiga asosan, deputat soʻrovini koʻrib chiqmasdan qoldirish yoki ijrosini sababsiz buzish qonuniy javobgarlikka sabab boʻladi.
Muammo toʻliq bartaraf etilgunga qadar jarayon deputatning shaxsiy va qatʼiy nazoratida boʻladi. Natijalar haqida xalqqa qoʻshimcha hisobot beriladi.
📥 Xalq manfaati — oliy maqsadimiz!