35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Ustozlar ko‘chasida elektr tarmoqlari yangilanmoqda
янв.21
Oq Oltin MFYda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalasi joyida o‘rganildi
янв.21
Oq Oltin MFYdagi ichimlik suvi muammosi deputatlik nazoratiga olindi
янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi
#162_qonun

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-dekabrdagi PF–29-son "Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida"gi Farmoni hamda mazkur yo‘nalishdagi boshqa normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash, mahallalarda hokim yordamchilari faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan Bandixon tumanida deputatlik nazorati tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

Mazkur Farmonga muvofiq, hokim yordamchilariga mahallaning iqtisodiy salohiyatini o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga ko‘maklashish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish, tomorqa yerlaridan samarali foydalanishni tashkil etish hamda fuqarolarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash kabi muhim vazifalar yuklatilgan.

Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining 17-"Limonzor" saylov okrugi deputati S.Shaydilov hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov tomonidan "Limonzor" mahallasida hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini tahlil qilish, "mahalla pasporti"dagi ma’lumotlarni yangilab borish, ishsiz fuqarolarni aniqlash va ularni doimiy daromad manbai bilan ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish hamda tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.

Shuningdek, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi biznes loyihalarini shakllantirish, imtiyozli kredit va subsidiyalarga tavsiya etish, o‘zini o‘zi band qilish dasturlariga fuqarolarni jalb etish, investitsiya loyihalarini amalga oshirish, bo‘sh turgan yer maydonlari va mavjud iqtisodiy imkoniyatlardan samarali foydalanish yuzasidan olib borilayotgan ishlar tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning daromadlarini oshirishga qaratilgan manzilli chora-tadbirlar, tomorqa yerlaridan unumli foydalanishni yo‘lga qo‘yish, kooperatsiya asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda aholi murojaatlari bilan ishlash holati ham alohida ko‘rib chiqildi.

Bundan tashqari, hokim yordamchisining tegishli davlat organlari, tijorat banklari va mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari, tadbirkorlik subyektlariga ko‘maklashish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahallaning iqtisodiy faolligini oshirish borasidagi faoliyati yuzasidan mas’ullar ishtirokida fikr almashildi.

Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan belgilangan "Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi" mezonlari asosida tashkil etildi. Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — qonun hujjatlari va Prezident farmonlari ijrosini joylarda samarali ta’minlash, mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlarning natijadorligini oshirish hamda aholining turmush darajasi va farovonligini yuksaltirishdan iborat.

O‘rganish yakunida Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan erishilgan natijalar va mavjud muammolar tahlil qilinib, ish samaradorligini yanada oshirish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda hokim yordamchisi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Slide 1 of 2