35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Imtiyozli kredit asosida tashkil etilgan issiqxona faoliyati o‘rganildi
янв.21
Charxibuvo ko‘chasidagi elektr tarmoqlari yangilanadi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Oltiariq tumani hokimi, tuman Kengashi deputati Sh.Turdaliyev, 17-Guzar saylov okrugi deputati Q.Xoshimov va mas’ullar ishtirokida Navbahor va Jo‘rak mahallalarida amalga oshirilayotgan ishlar va galdagi vazifalarni muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati Q. Axmedov tomonidan Bo‘rbonliq MFYda navbatdagi uchrashuv o‘tkazilmoqda
янв.21
Oltiariq tuman 12-Chinortagi saylov okrugida tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov 24 ta muhim masala doirasida o'rganish o'tazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati D. Karimov tomonidan hududdagi tadbirkorlik subyektlarining faoliyati o‘rganildi.
янв.21
Beruniy MFYdagi Beruniy ko‘chasida 1200 metr ichki yo‘llar asfaltlanmoqda
янв.21
5-Povulg‘on saylov okrugi deputati Toshobod MFYda bo‘lib, mahalladagi ko‘cha boshilar bilan suhbatlashdi.
янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi.
Tuman tibbiyot birlashmasida qonun ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati A.Ahmedov tomonidan Tuproqqal’a tuman tibbiyot birlashmasida sohaga oid qonunchilik hujjatlari ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

📋 O‘rganish davomida tibbiyot birlashmasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati, bemorlarga tibbiy yordam ko‘rsatish jarayonlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati hamda sog‘liqni saqlash sohasiga oid qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalarning ijrosi atroflicha tahlil qilindi.

🤝 Shuningdek, tibbiyot birlashmasi rahbariyati va mas'ul xodimlar bilan muloqot davomida mavjud muammolarni bartaraf etish, tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirish, aholiga qulay va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni ta'minlash hamda qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

📝 O‘rganish yakunida aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirilib, belgilangan vazifalarning to‘liq va sifatli ijrosini ta'minlash yuzasidan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish tavsiya etildi.

Slide 1 of 1