35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat o‘zining 2026-yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirgan ishlari yuzasidan axborot berdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan Eskiarab va Istiqlol MFYlarda muhim infratuzilma loyihalari amalga oshirildi!
янв.21
Jarqoʻrgʻon mahallasidagi maishiy chiqindilarni olib chiqish masalasi deputat nazoratiga olindi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Deputat murojaati ijrosi: Sertut MFYda elektr ta'minoti yaxshilanmoqda
янв.21
Aholi farovonligini oshirish yo'lidagi amaliy ishlar
янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati Faxriddin Navro‘zov saylovchilar bilan uchrashdi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining 20-Mahtumquli saylov okrugidan saylangan deputati Faxriddin Navro‘zov o‘z deputatlik okrugi hududida joylashgan Mahtumquli mahallasida saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvni o‘tkazdi.
Uchrashuvda deputat 2026-yilning II choragi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan saylovchilarga axborot berib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash hamda fuqarolar murojaatlarini hal etish borasida olib borilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.
Bunday ochiq muloqotlar deputat va saylovchilar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, hududdagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 4