Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N.Aliyev tomonidan O‘tarshi mahallasida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida aholi tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularning mazmun-mohiyati atroflicha o‘rganildi.
Xususan, mahalladagi infratuzilma, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish hamda ijtimoiy masalalarga oid murojaatlar yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish belgilandi.
Deputat tomonidan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolarni hal etish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va murojaatlarni ijobiy yechish bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.