35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Quvurboshi mahallasida "Dolzarb 40 kun" doirasidagi ishlar o‘rganildi
янв.21
22-Katput saylov okrugida yirik loyiha muhokamada
янв.21
Katput mahallasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
янв.21
Amalga oshirilgan ishlar natijasida:
янв.21
Obod MFYda deputat X. Raximovning 2026-yil birinchi yarim yillik faoliyati yuzasidan saylovchilar bilan uchrashuvi o'tkazildi
янв.21
15-Yuksalish saylov okrugi deputati Ibragimov Azizbek Yusufjonovich tashabbusi bilan hududlarda qator amaliy ishlar amalga oshirildi
янв.21
Nurobod hududida obodonlashtirish va sanitariya ishlari olib borildi
янв.21
Deputat saylovchilar oldida yarim yillik faoliyati yuzasidan hisobot berdi
янв.21
Qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati A.Ergashev o‘ziga biriktilgan investitsiya dasturi ijrosini o‘rgandi.
Fuqarolar qabuli o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati, Qo‘qon shahar hokimi M.A.Usmonov tomonidan “Tolzor” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning murojaat va takliflari tinglandi hamda mavjud muammolarni qonunchilik doirasida hal etish masalalari muhokama qilindi.

Jumladan, fuqaro G.Baratova tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer maydoni ajratilishi yuzasidan murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan deputat tomonidan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq yer uchastkalarini ajratish tartibi, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish uchun belgilangan huquqiy asoslar hamda murojaatni ko‘rib chiqish mexanizmlari bo‘yicha batafsil tushuntirishlar berildi.

Qabul yakunida fuqaroning murojaati deputat nazoratiga olinib, masalani qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqish va tegishli tartibda hal etish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3