Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

Jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalari yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Kaxxarova tomonidan "Shaldiramoq" mahalla fuqarolar yig‘inida shahar Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasida amalga oshirilayotgan ishlar” masalasi yuzasidan o‘rganish va muhokama o‘tkazildi.

Muhokamada Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi X.Abdullayev, mahalla fuqarolar yig‘ini raisi A.Yusupov hamda profilaktika inspektori A.Usmonov ishtirok etib, mahalla hududidagi kriminogen vaziyat, jamoat xavfsizligini ta’minlash hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

O‘rganish davomida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turgan fuqarolar bilan manzilli ishlash, yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, "mahalla yettiligi" hamkorligida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, mahalla hududida faoliyat yuritayotgan tungi klub faoliyatini tartibga solish, tungi vaqtda ishlovchi savdo shoxobchalarining ish tartibiga rioya etilishi hamda videokuzatuv kameralarining ishlash holati yuzasidan muhokamalar o‘tkazildi.

Shuningdek, hududda jamoat tartibini mustahkamlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, jinoyatchilikka sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish, videokuzatuv tizimlarini yanada kengaytirish hamda aholi o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3