Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

#24_masala

​Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputati A.Usmonov o‘zi saylangan saylov okrugidagi "Adas" mahallasida bo‘lib, mahalla raisining faoliyati va hududdagi dolzarb masalalarni tahlil qildi.

Ishchi o‘rganish davomida mahalladagi infratuzilma obyektlarining holati, obodonlashtirish ishlarining borishi hamda aholi tomorqalaridan foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi.
Xususan, hududdagi suv havzalari va bo‘sh turgan maydonlarni tartibga keltirish, ularning sanitariya holatini yaxshilash, mahalla choyxonasini obod qilish borasida mahalla raisiga aniq tavsiyalar berildi.
Deputat mahalla raisi bilan birgalikda istiqboldagi rejalarni belgilab oldi.
✅Bizni kuzatib boring: 👇
|📲 Telegram | 💻Facebook

Slide 1 of 2