Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
“Uzumzor” mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov tomonidan o‘zi saylangan 3-“Achchiqko‘l” saylov okrugi hududiga qarashli “Uzumzor” mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar yetakchisi J.Ortiqov faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Adhamov ishtirok etib, amaliy ko‘mak ko‘rsatdi.

O‘rganish davomida yoshlar yetakchisi tomonidan mahalladagi yoshlar bilan ishlash tizimi, ularning muammolarini o‘rganish, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish hamda davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, "Yoshlar daftari"ga kiritilgan fuqarolar bilan individual ishlash, ishsiz yoshlarni doimiy va mavsumiy ish o‘rinlariga yo‘naltirish, imtiyozli kreditlar va subsidiyalar asosida o‘z biznesini boshlash istagidagi yoshlarga amaliy ko‘mak ko‘rsatish, ularning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sport, madaniyat, kitobxonlik hamda turli fan va kasb-hunar to‘garaklariga jalb etish, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalariga kirish istagidagi bitiruvchilar bilan olib borilayotgan targ‘ibot va maslahat ishlari yuzasidan ma’lumotlar tinglandi.

O‘rganish jarayonida mahallada fuqarolarni qiynab kelayotgan kadastr bilan bog‘liq muammolar ham alohida o‘rganildi. Mazkur muammolar sabab ayrim fuqarolar turli huquqiy va amaliy masalalarda qiyinchiliklarga duch kelayotgani qayd etildi. Ushbu masalalarni tegishli tartibda hal etish maqsadida mutasaddi tashkilot nomiga deputatlik so‘rovi yuborish yuzasidan kelishib olindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4