Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Deputatlar o‘rganishi: “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili amalda

Deputatlar o‘rganishi: “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili amalda

🔘​Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova hamda tuman Kengashining doimiy komissiya raisi F.Sidikov tomonidan hududlarda aholi bandligini ta’minlash va tomorqalardan samarali foydalanish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o'rganildi.

🔘Deputatlari Toyloq tumanidagi “Yangihayot” mahallasida bo‘lib, u yerda “Bir kontur — bir mahsulot” tamoyili asosida aholini tadbirkorlikka yo‘naltirish, tomorqa madaniyatini yuksaltirish va ekin maydonlaridan unumli foydalanish holatini ko‘zdan kechirdi.

💠​O‘rganishlar davomida mas’ullarning hududdagi ekin maydonlari va aholi tomorqalarini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari, berilgan imtiyozlar hamda yaratilgan sharoitlar tahlil qilindi.

➡️​“Bir kontur — bir mahsulot” tizimi orqali hudud drayveri hisoblangan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishni tizimli yo‘lga qo‘yish, aholining doimiy daromad manbaini yaratish va tomorqadan yiliga 2-3 marta hosil olish imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha deputatlar va soha mutaxassislari tomonidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 5