Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Deputat va mahalla faollari muloqoti: murojaatlar yechimiga e’tibor

Deputat va mahalla faollari muloqoti: murojaatlar yechimiga e’tibor

♾Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Nargiza Abdullayeva Samarqand shahridagi Abdurahmon Jomiy mahallasida bo‘lib, mahalla faollari hamda aholi vakillari bilan uchrashdi.

🔘Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi. Shuningdek, mahalla yettiligi faollari bilan hududdagi ijtimoiy masalalar, aholi bandligini ta’minlash va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda xotin- qizlar va yoshlar bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, mahallada yashovchi xotin- qizlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar davomida ularning fikrlari tinglandi.

➡️Deputat aholini qiziqtirgan savollarga javob berib, mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, turmush farovonligini oshirish va ijtimoiy himoyani kuchaytirishga qaratilgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

Slide 1 of 3