Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
Talabalar uchun yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishildi

Talabalar uchun yaratilayotgan zamonaviy infratuzilma bilan ham tanishildi

🏛 Tashrif davomida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti talabalari uchun barpo etilayotgan zamonaviy talabalar turar joy majmuasi qurilish jarayoni ham o‘rganildi. Mazkur loyiha oliy ta’lim muassasalari talabalarini munosib yashash sharoitlari bilan ta’minlash, ularning ta’lim olishi va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish uchun zarur infratuzilmani yaratishga qaratilgan muhim ijtimoiy loyihalardan biri sifatida e’tirof etildi.

🗣 O‘rganish jarayonida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi deputati Tuxtasinov Ilhomjon Madaminovich tomonidan mazkur talabalar turar joy majmuasi davlat-xususiy sheriklik (DXSH) mexanizmi asosida bunyod etilayotgani haqida batafsil ma’lumot berildi.

📇 Qayd etilishicha, loyiha yakunlangach, zamonaviy talablarga to‘liq javob beradigan ushbu majmuada 1 500 nafar talabani joylashtirish imkoniyati yaratiladi. Bu esa talabalarning yashash bilan bog‘liq muammolarini kamaytirish, ularning bilim olishi uchun qulay va zamonaviy muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.

↗️ Tashrif davomida oliy ta’lim muassasalarida talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar, ta’lim sifati va yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashildi. Ta’kidlanganidek, mamlakatimizda yoshlarning sifatli ta’lim olishi, zamonaviy kasb va ko‘nikmalarni egallashi hamda ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda.

🧠 Shuningdek, talabalar turar joylari sonini ko‘paytirish, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va davlat-xususiy sheriklik asosidagi loyihalarni kengaytirish yoshlar manfaatlarini ta’minlash hamda oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirishning muhim omillaridan biri ekani alohida qayd etildi.

Slide 1 of 8