Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
“Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini ajratish masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining “Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha” doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda kun tartibidan o‘rin olgan muhim masala — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mablag‘ ajratish masalasini ko‘rib chiqish bo‘ldi.

Muhokamalar davomida shahar aholisining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, tibbiy xizmatlar sifatini yaxshilash hamda infratuzilma obyektlarini rivojlantirishga qaratilgan takliflar atroflicha tahlil qilindi.

Xususan, Qo‘qon shahar aholisini sog‘lig‘ini tiklash va davolanishlari uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida shahar 1-sonli shifoxona binosini ta’mirlash bilan bog‘liq xarajatlarni moliyalashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, shahadagi asosiy ko‘chalardagi avtomobil yo‘llarini ajratib turuvchi beton to‘siq ustiga piyodalar xavfsizligini ta’minlash, baxtsiz xodisa kelib chiqishini oldini olish maqsadida temir panjara to‘siq o‘rnatish bilan bog‘liq bo‘lgan zarur infratuzilma loyihalarini moliyalashtirish yuzasidan ham takliflar muhokama etildi.

Komissiya a’zolari tomonidan mablag‘larni maqsadli va samarali sarflash, amalga oshiriladigan ishlar ustidan doimiy monitoring o‘rnatish hamda ajratilgan mablag‘larning natijadorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunlariga ko‘ra kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, uning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha mas’ullar belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3