Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB OLINDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Saidova Shukrona To‘xtayevna tomonidan Nafosat mahallasi hududidagi mavjud ijtimoiy infratuzilma masalalarini hal etish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish hamda bo‘sh turgan obyekt va yer maydonlaridan samarali foydalanish yuzasidan yuborilgan deputat so‘roviga Chilonzor tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Abdukadirov Mirzoxid Abduvaxabovich tomonidan rasmiy javob taqdim etildi.

Ma’lumki, deputat so‘rovida mahalla hududidagi 58-uy yonida joylashgan egasiz binoni mahalla fuqarolar yig‘ini balansiga o‘tkazish hamda 6a-uy yonidagi bo‘sh yer maydonida zamonaviy fito-bar tashkil etish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish masalalari ko‘tarilgan edi.

Chilonzor tumani hokimligining ma’lum qilishicha, amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq:

🔹 egasiz mulk obyektlari tegishli tartibda rasmiylashtirilib, tuman hokimligi balansiga qabul qilinadi hamda keyinchalik belgilangan tartibda realizatsiya qilinadi;

🔹 bo‘sh turgan yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun elektron onlayn-auksion savdolari orqali ajratilishi nazarda tutilgan;

🔹 Toshkent shahar hokimining 2026-yil 18-maydagi qaroriga muvofiq, poytaxt hududidagi egasiz mulklar tuman hokimliklari balansiga rasmiylashtirilib, keyingi bosqichlarda auksion savdolariga chiqarilishi belgilangan.

Shu munosabat bilan hokimlik tomonidan deputat so‘rovida ko‘rsatilgan egasiz bino hamda bo‘sh yer maydonini to‘g‘ridan-to‘g‘ri mahalla balansiga o‘tkazish yoki ajratish imkoniyati mavjud emasligi, mazkur obyekt va yer uchastkalari amaldagi tartib asosida auksion savdolari orqali realizatsiya qilinishi mumkinligi bildirildi.

Slide 1 of 4