Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
5-Chorx Kamolon saylov okrugida deputat Mahmudova Donoxon Artikovna hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Abduqadirov Mirzohid Abduvahobovich ishtirokida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlarining saylov okruglarida tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan hamkorlikda o‘tkaziladigan uchrashuvlar jadvaliga muvofiq, 5-Chorx Kamolon saylov okrugida deputat Mahmudova Donoxon Artikovna hamda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Abduqadirov Mirzohid Abduvahobovich ishtirokida fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish, yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati, bandlikni ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar yuzasidan murojaat va takliflar tinglandi.

Shuningdek, ko‘tarilgan masalalar yuzasidan mutasaddi tashkilotlar vakillariga tegishli vazifalar yuklatilib, ayrim murojaatlar bo‘yicha joyida tushuntirishlar berildi. Qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan masalalar ijroga qaratilib, ularning bajarilishi deputatlik nazoratiga olindi.

✅ Bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, hududlarda mavjud muammolarni joyida o‘rganish va ularning samarali yechimini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Slide 1 of 9