Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24-Tinchlik saylov okrugida obodonlashtirish ishlari o‘rganildi
янв.21
Ko'mirchi mahallasida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati o'rganildi
янв.21
Hurmatli Oqbo‘yra va Qaxramon mahallalari fuqarolari!
янв.21
"Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni
янв.21
"Maktabgacha ta'lim va tarbiya toʻgʻrisida"gi Qonun ijrosi oʻrganildi
янв.21
24 ta tavsiyaviy savolnoma asosida Shodiyona mahallasi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Fuqaro murojaati deputat e'tiborida
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi qarorlari amalda
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida 3-sonli maktabda o'rganish ishlari olib borildi
Kotib

Mamlakatimizda kechayotgan islohotlar jarayonida hamma vaqt eng quyi, ammo hal qiluvchi bo‘g‘in bo‘lgan mahallaga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi, mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi.  

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati Gulyamov Joxongir Askardjanovich okrugidagi “Turon” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuvda “mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Uchrashuvda “mahalla yettiligi” mahallaning iqtisodiy, ijtimoiy masalalari, xotin-qizlar, yoshlar va nuroniylar hayoti, oilalarni mustahkamlash, hudud infratuzilmasi bilan bog‘liq vazifalar yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha hisobot berdilar.

O‘tkazilgan uchrashuv jarayonida mahallaning ayrim ichki ko‘chalari va piyodalar yo‘lakchalarini ta’mirlash, eski simyog‘ochlarni yangi beton tayanch ustunlarga o‘zgartirish, ko‘cha yoritish chiroqlarini soz holatga keltirish, aholining ma’naviy olamini yuksaltirish maqsadida mahallada kutubxona faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalalariga aloxida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 3