Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Deputat soʻrovi ijobiy hal etildi
янв.21
"Dolzarb 90 kun" doirasida saylovchilar bilan uchrashuv o'tkazildi
янв.21
Qiziltepa MFY Obod diyor ko‘chasida ichimlik suvi infratuzilmasi o‘rganildi
янв.21
Deputatlar Azimobod saylov okrugida aholi muammolarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlar tomonidan 23-Azimobod saylov okrugida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri A.Yursunov va tuman Kengashi deputati A.Ergashevlarning 1-kunlik faoliyatidan...
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Oltiariq tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida geokollektorlar faoliyati o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanidagi MTTlarda geokollektorlar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
Amaliy-uslubiy ko'mak ko'rsatildi
🔰 HASHAR ORQALI MAHALLA OBODLIGI SARI MUHIM QADAM
Kosonsoy tumani Iftixor MFY hududida joylashgan Kosonsoy–To‘raqo‘rg‘on avtomobil yo‘lidan mahallaga kirish qismidagi ko‘prikni kengaytirish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda hududni obodonlashtirish maqsadida mahalla aholisi tashabbusi bilan umumxalq hashari tashkil etildi.

Hashar jarayonida Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashi 7-Shirinbuloq saylov okrugi deputati A.Dadajonov ham ishtirok etib, olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi hamda fuqarolar bilan muloqot qildi. Deputat tomonidan hudud infratuzilmasini yaxshilash, aholi uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish borasidagi tashabbuslar qo‘llab-quvvatlanishi ta’kidlandi.

Hashar davomida ushbu ko‘chada istiqomat qiluvchi fuqarolar birlashib, ko‘prikni kattalashtirish va yo‘lni kengaytirish ishlari uchun zarur tayyorgarlik tadbirlarini amalga oshirdilar. Shuningdek, yo‘l bo‘ylarini tartibga keltirish, ortiqcha chiqindilarni tozalash va hududning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar bajarildi.

O‘rganish jarayonida deputat A.Dadajonov tomonidan mazkur ko‘chaning transport qatnovi uchun muhim ahamiyatga ega ekani, ko‘prikning kengaytirilishi va yo‘lning obodonlashtirilishi nafaqat mahalla aholisi, balki ushbu yo‘nalishdan foydalanuvchi barcha fuqarolar uchun qulaylik yaratishi qayd etildi.

Mazkur tashabbus mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, transport vositalari va piyodalar harakati uchun qulay sharoit yaratish, eng muhimi, fuqarolarning birdamligi va hamjihatligini namoyon etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar tomonidan bunday xayrli ishlar kelgusida ham davom ettirilishi, hududni yanada obod va fayzli maskanga aylantirish yo‘lida hamkorlik mustahkamlanishi ta’kidlandi.

✅ Obod mahalla — farovon hayot garovi. Iftixor MFY aholisining ushbu ezgu tashabbusi hamjihatlik va fidoyilikning yorqin namunasi bo‘lib xizmat qilmoqda.

👉 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Rasmiy sayt|📱 Telegram|📱 Facebook| 📱 Instagram| 📱 Youtube
Slide 1 of 4