Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
19-O‘zbekiston saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan 22-Katput saylov okrugida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlarida uzum bog‘larini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Shodiyona MFYda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
янв.21
“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

A.Navoiy mahallasida istiqomat qiluvchi fuqaro Sh.Urazmotovga Saxovat va ko‘mak jamg‘armasi hisobidan uy-joyini ta’mirlash uchun ajratilgan mablag‘larning ijrosi yuzasidan amaliy ishlar davom etmoqda.

Avvalroq xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi, kotibiyat mudiri hamda 7-A.Navoiy saylov okrugi deputati tomonidan fuqaro xonadoniga tashrif buyurilib, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi yuzasidan o‘rganish olib borilgan edi.

Mazkur murojaat ijrosi doirasida bugun tuman Obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan fuqaro xonadoniga ajratilgan mablag‘ning 50 foizi miqdorida qurilish materiallari yetkazib berildi.

Aholining murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning muammolariga amaliy yechim topish hamda fuqarolarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4