Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
19-O‘zbekiston saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan 22-Katput saylov okrugida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlarida uzum bog‘larini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Shodiyona MFYda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
янв.21
“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun ko‘rib chiqildi. (https://t.me/senatuz/44190)

Mazkur Qonun bilan mahalliy vakillik organlari faoliyatida boshqaruvni tizimli tashkil etish va ijro hokimiyati ustidan parlament nazoratining hududiy shakllarini takomillashtirishga qaratilgan qator o‘zgartirishlar kiritilmoqda.

Xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarida Kengash raisi o‘rinbosari instituti joriy etilmoqda. E’tiborli jihati, ushbu lavozimdagi shaxs bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vakolatlarini ham amalga oshiradi. Unga kotibiyat xodimlarini lavozimga tayinlash va ozod qilish vakolatining berilishi Kengash apparatining mahalliy ijro hokimiyatidan to‘liq mustaqil bo‘lishini ta’minlaydi.

Mahalliy Kengashlar faoliyatining uzluksizligini ta’minlash, sessiyalar oralig‘ida ishlarni samarali muvofiqlashtirish maqsadida Kengash Rayosati tashkil etilmoqda. Rayosat tarkibiga Kengash raisi, uning o‘rinbosari, doimiy komissiyalar raislari va siyosiy partiyalar guruhlari rahbarlari kiritilishi belgilanmoqda.

Ilk bor mahalliy davlat organlari va tashkilotlari rahbarlarining deputatlar savollariga javoblarini eshitishga qaratilgan “Kengash soati” instituti joriy etilmoqda. Bunda deputatlar aholini qiynayotgan shoshilinch masalalar yuzasidan mutasaddilardan tezkor javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Kechiktirib bo‘lmaydigan hollarda ushbu masala Rayosatda ko‘rib chiqilishi va keyinchalik sessiyada tasdiqlanishi mumkin.

Senatorlar ta’kidlaganidek, mazkur Qonun mahalliy hokimiyat tizimida demokratik tiyib turish va muvozanat mexanizmlarini qaror toptirishda muhim huquqiy asos hisoblanadi.

Qonunning qabul qilinishi mahalliy Kengashlarning ijtimoiy mavqeini oshirishga, hududiy muammolarni hal etishda vakillik nazoratining ta’sirchanligini kuchaytirishga hamda davlat hokimiyati tizimida tiyib turish va muvozanat saqlash mexanizmini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Muhokama yakunida senatorlar Qonunni ma’qulladi.

Slide 1 of 5