#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati X.Xudoyberdiyeva tomonidan Qumchuq mahalla fuqarolar yig‘ini raisi faoliyati hamda hududda amalga oshirilayotgan ishlar joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, obodonlashtirish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar bandligini ta’minlash hamda xotin-qizlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, hudud infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni tartibga keltirish, sanitariya va ekologik holatni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram