Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Fidoyi ustoz bilan uchrashuv yoshlarni ezgu maqsadlarga chorladi
янв.21
Ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
янв.21
27-sonli maktabdagi o‘quvchilar sig‘imi va sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumani MMTB tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlari rahbarlari hamda umumta’lim maktablari direktorlari ishtirokida muloqot o‘tkazildi.
янв.21
Fuqarolar murojaatlari o‘rganilmoqda
янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
“Xotira abadiy — qadr muqaddas!”

 “Xotira abadiy — qadr muqaddas!” shiori ostida Xalq
deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi raisi M. Tangriberganov hamda deputat A.
Erkinovlar nuroniylar bilan hamkorlikda tumandagi front orti qatnashchilarining
holidan xabar oldilar. Ular mamlakatimiz tinchligi, xalq farovonligi va bugungi
osoyishta hayot yo‘lida fidokorona mehnat qilgan faxriylarni bayram munosabati
bilan samimiy qutlab, ehtirom bajo keltirdilar.
 

Uchrashuv davomida yurtimizda keksa avlod vakillariga
ko‘rsatilayotgan yuksak e’tibor va g‘amxo‘rlik davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlaridan biri ekani alohida ta’kidlandi. “Nuroniy”
jamg‘armasi tomonidan tayyorlangan esdalik sovg‘alari topshirilib, faxriylarning
duolari olindi.
  

Slide 1 of 1