Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI IJOBIY HAL ETILDI
янв.21
Deputat tomonidan saylov okrugidagi sport infratuzilmasi holati o‘rganildi
янв.21
Respublika tez tibbiy yordam markazi Farg‘ona filialining Oltiariq tuman tez tibbiy yordam stansiyasi "Tinchlik" shaxobchasi foydalanishga topshirildi.
янв.21
Obodonlashtirish ishlariga munosib hissa qo‘shgan fidoyilar e’tirof etildi
янв.21
Oltiariq tuman Tez tibbiy yordam stansiyasi "Tinchlik" shaxobchasiga xududida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.
янв.21
Deputat tashabbusi bilan “Tinchlik” tez tibbiy yordam shoxobchasi binosi rekonstruksiya qilinmoqda
янв.21
Bunyodkorlik va taraqqiyot yo‘lidagi Oltiariq
янв.21
Fayziobodda yangi zamonaviy savdo majmuasi barpo etilishi rejalashtirilmoqda
янв.21
Najot taʼlimda
янв.21
Mirfozil MFYdagi dolzarb masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi
Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar o‘tkazildi

Senatning Hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan xalq deputatlari mahalliy Kengashlari uchun seminar tashkil etildi.

Unda viloyat studiyasidan xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlar kotibiyati mudirlari, doimiy komissiyalar raislari, namunali deb topilgan tuman (shahar) Kengashlari deputatlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Seminar davomida mahalliy Kengashlar tomonidan Kengash so‘rovini tayyorlash va yuborish tartibi, uning mazmuni hamda tuzilishiga qo‘yiladigan talablar yuzasidan atroflicha maʼlumot berildi. Xususan, tuman va shahar Kengashlari so‘rovlari tegishli davlat organlari hamda tashkilotlarining hududiy bo‘linmalari mansabdor shaxslariga, viloyat va Toshkent shahar Kengashlari so‘rovlari esa tegishli ravishda viloyat darajasidagi tuzilmalar rahbarlariga yuborilishi qayd etildi. Kengash so‘rovining huquqiy asoslari, uni rasmiylashtirish tartibi hamda amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi.

Shuningdek, 2025–2026 yillar davomida mahalliy Kengashlar tomonidan hududiy davlat organlari va tashkilotlariga yuborilgan Kengash so‘rovlari tahlil qilindi. Unga ko‘ra o‘tgan davrda jami 4 ta Kengash so‘rovi yuborilgan bo‘lib, ularning 3 tasi viloyat Kengashlari, 1 tasi esa tuman Kengashi hissasiga to‘g‘ri keladi.

Mazkur so‘rovlar orqali qonuniy savdo faoliyatini tashkil etish, axborot-kutubxona fondlarini takomillashtirish, hududiy infratuzilmani yaxshilash hamda taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish kabi dolzarb masalalar ko‘tarilgan.

Seminarda, shuningdek, mahalliy Kengashlar tomonidan nazorat-tahlil ishlarini samarali tashkil etish, Kengash va deputat so‘rovi institutlaridan unumli foydalanish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Bundan tashqari mahalliy Kengashlar faoliyatini namunali tashkil etishda eʼtibor qaratilishi kerak bo‘lgan jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tildi. Soha mutaxassislari tomonidan hujjatlarni rasmiylashtirish jarayonida uchrayotgan muammolar misolida amaliy tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida ishtirokchilar o‘z fikr va takliflarini bildirib, qiziqtirgan savollariga batafsil javob oldilar.

Slide 1 of 5