Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
Huquqiy_axborot_soati

Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan PF-209-sonli Farmon mahalla institutini jamiyatimizning eng muhim va hal qiluvchi bo‘g‘iniga aylantirish yo‘lidagi tarixiy qadam bo‘ldi.

💬Farmonda:

✔️Vakolatlar kengaydi: Mahallalarning mahalliy muammolarni mustaqil hal etishdagi huquqiy va moliyaviy imkoniyatlari oshirildi.

✔️Murojaatlar bilan ishlash: Endi aholining dardu tashvishi mahalla darajasida, uzoq idoralarga bormasdan, joyida hal etiladi.

✔️Ijtimoiy himoya mexanizmi: Ko‘makka muhtoj oilalar, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlashda mahalla mas’ullarining shaxsiy javobgarligi belgilandi.

✔️Yangi hamkorlik tizimi: Davlat organlari mahalla bilan hamnafas ishlashi, har bir muammoning ildiziga mahalla orqali yetib borishi shart.

✔️Fuqarolarning muammolarini tezkor, adolatli va samarali hal etish orqali aholi farovonligini oshirish hamda har bir xonadonda “Inson qadri” tamoyilini amalda ta’minlashdir.

🫥Bugungi kunda mahalla nafaqat o‘zini o‘zi boshqarish organi, balki xalqning dardi eshitiladigan, unga yechim topiladigan eng ishonchli va adolatli maskanga aylanmoqda.