Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
янв.21
Oltiariq tumanida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida suv yetkazib berish tizimi va kollektor-drenaj tarmoqlari holati o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTIARIQ TUMAN KENGASHI DEPUTATI, “SHUHRAT” MEDALI SOHIBI QILICHBEK DADAPARPIYEVICH AHMEDOV FAOLIYATI
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Deputatlar tomonidan Oqbo‘yra mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida sog‘liqni saqlash vazirligiga taklif kiritildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining sayyor qabulida kelib tushgan murojaatlarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi 7-chaqiriq 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

 Joriy yilning 28-aprel kuni Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining navbatdagi 20-sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman hokimi Sobir Xo‘jametov, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ekspert guruhi a’zolari, yoshlar maslaxat guruhi a'zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar. 

Sessiya ishini Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi Alisher Yo‘ldashev ochib berdi va olib bordi. Sessiya O‘zbekiston Respublikasi hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi davlat madhiyalari sadolari ostida boshlandi. Sessiya kotibligiga “1-Navoiy” saylov okrugidan deputat Gulshod Yusupova nomzodi deputatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. 

Kun tartibidagi dastlabki masalalar yuzasidan tuman hokimi Sobir Xo‘jametov hisobot berdi. Unda tuman ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining eng
muhim va dolzarb yo‘nalishlari, xususan byudjet daromadlari bazasini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimini takomillashtirish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
 

Qayd etilishicha, 2026 yilda tumanda jami 545 mlrd so‘mlik 26 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi. Natijada 1115 ta yangi ish o‘rni yaratilishi hamda 26,8 mlrd so‘mlik mahsulot ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. 

Sohalar kesimida oladigan bo‘lsak, sanoat sohasida 95 mlrd so‘mlik 8 ta loyiha va 142 ta ish o‘rni, xizmat ko‘rsatish sohasida 449 mlrd so‘mlik
17 ta loyiha va 968 ta ish o‘rni, qishloq xo‘jaligida 540 mln so‘mlik 1 ta loyiha va 5 ta ish o‘rni yaratiladi. Bugungi kunda qiymati 9,3 mlrd so‘mlik 3 ta loyiha ishga tushirilib, 23 ta yangi ish o‘rni yaratilgan.
 

Eksport ko‘rsatkichlari bo‘yicha 2026 yil uchun 18,6 mln dollar reja belgilangan bo‘lib, joriy yil yanvar–mart oylarida rejalashtirilgan 2 mln 549 ming dollar o‘rniga amalda 5 mln 846 ming dollarlik mahsulot eksport qilinib, reja 229 foizga bajarilgan. 

2026-yilda tumanga 30,8 mln dollar investitsiya jalb etilishi rejalashtirilgan bo‘lib, shundan 25 mln dollari xorijiy investitsiya va kreditlar
hissasiga to‘g‘ri keladi.
 

Joriy yilning birinchi choragida 610 ta ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan bo‘lsa, amalda 830 ta ish o‘rni yaratilgan va reja 136,1 foizga bajarilgan. Mahalliy byudjet tushumlari rejasi esa 32,2 mlrd so‘m o‘rniga 36,7 mlrd so‘mga, ya’ni 113,8 foizga bajarilgan. 

Joriy yilda barcha davlat dasturlari doirasida jami 92 ta ob’ekt bo‘yicha 240,6 mlrd so‘mlik qurilish ishlari olib borilishi belgilangan.
Jumladan, investitsiya dasturi doirasida 10 ta ob’ektda — 74,8 mlrd so‘m, “Tashabbusli byudjet” doirasida 12 ta ob’ektda — 19,7 mlrd so‘m, OPEK dasturi doirasida 29 ta ob’ektda — 100,7 mlrd so‘m, 248-sonli Prezident qarori asosida 3 ta ob’ektda —
11,3 mlrd so‘m, “Yangi O‘zbekiston” mahallalari 16 ta ob’ektda — 10 mlrd so‘m, “Og‘ir” mahallalarda 22 ta ob’ektda — 24 mlrd so‘mlik qurilish ishlari olib borilishi rejlashtirilgan.
 

Hozirda 24 ta ob’ekt bo‘yicha qurilish ishlari olib borilmoqda, 6 ta ob’ekt foydalanishga topshirilgan, qolganlari bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlari
ishlab chiqilmoqda.
 

2025-yilda tumanga jami 3837 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 2448 tasi ijobiy hal etilgan. Jumladan, 1116 tasi huquqiy tushuntirish
orqali hal etilgan, 1 tasi uzoq muddatli nazoratga olingan, 184 tasiga tushuntirish berilgan, 35 tasi rad etilgan, 19 tasi ko‘rib chiqilmagan, 32 tasi tugatilgan, 2 tasi ma’lumot uchun qabul qilingan.
 

2026-yil 28-mart holatiga 835 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, shundan 304 tasi ijobiy hal etilgan. 240 tasi huquqiy tushuntirish asosida hal qilingan,
8 tasi nazoratga olingan, 29 tasiga tushuntirish berilgan, 10 tasi rad etilgan, 3 tasi ko‘rib chiqilmagan, 4 tasi tugatilgan.
 

Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman hokimining birinchi o‘rinbosari – Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i Faxriddin Yusupov
hisobot berdi. Unga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvar holatiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lar hisobidan jami 2 mlrd 572 mln 660 ming so‘m mablag‘ ajratish taklif etildi. Mazkur mablag‘lar “Namunaviy xavfsiz ko‘cha” loyihasiga, kam ta’minlangan oilalar farzandlari uchun maktab formasiga, “Davlat xavfsizlik xizmati raisi kubogi” musobaqalari g‘oliblarini taqdirlashga, 56-sonli maktabdagi “Jasorat maktabi”ni jihozlashga, Farovon mahallasida
jarima maydonchasi qurishga, “Qaldirg‘och” bolalar oromgohini ta’mirlash va Qipchoq mahalla fuqarolar yig‘ini infratuzilmasini yaxshilashga yo‘naltiriladi.
 

Sessiyada tuman IIB boshlig‘i o‘rinbosari Sharapat Joldasbaev joriy yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti berib, aholining
huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida voyaga yetmaganlar o‘rtasida 88 ta, xotin-qizlar o‘rtasida 64 ta, tarbiyasi og‘ir yoshlar o‘rtasida 115 ta, probatsiya nazoratidagi shaxslar o‘rtasida 44 ta tadbir o‘tkazilganini ta’kidladi. 483 nafar ota-onaga nisbatan choralar ko‘rilgan, 52 nafar yosh bilan individual ishlangan. 24 ta jinoyat muhokama qilingan, 50 ta muammoli oiladan 24 tasi yarashtirilgan. 333 nafar ayolga himoya orderi berilgan, 10 nafar fuqaro javobgarlikka tortilgan. 41 ta mahalla “yashil”, 8 tasi “sariq” toifaga kiritilgan, “qizil” mahallalar mavjud emas.
 

O‘zbekiston mahallalar uyushmasi tuman bo‘limi rahbari Alisher Yuldashev hisobotida esa 1-chorak davomida tuman hududidagi ovul va mahallalarda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha qator ishlar amalga oshirilgani, umumiy uzunligi 300 metr bo‘lgan piyodalar yo‘laklari qurilgani, yoritish tizimlari o‘rnatilgani qayd etildi. “Yashil makon” umummilliy dasturi doirasida 120 mingdan ortiq ko‘chat ekilgan, 20 ming dona mevali ko‘chat aholiga tarqatilgan. 8 ta oilaga quyosh panellari uchun 176 mln so‘m yordam ko‘rsatilgan. 

Sessiya kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i Jahongir Raximov hisobot berdi. Hisobotga ko‘ra, 2026-yil 1-chorakda mahalliy byudjetga 11,3 mlrd so‘m reja o‘rniga 12,6 mlrd so‘m tushum ta’minlanib, reja 111,9 foizga bajarilgan. O‘tgan yilga nisbatan tushumlar 121,3 foizga oshgan. 

Sessiya majlisida tumandagi ijro etuvchi hokimiyat organlarida ijro intizomining holati to‘g‘risida tuman hokimligi ijro intizomi nazorati bo‘linmasi
bosh mutaxassisi Ma’murjon Tadjiboev axborot berdi. Ta’kidlanganidek, 2026-yilning 1-choragi davomida ijro intizomini ta’minlash borasida tizimli ishlar amalga oshirilgan. Xususan, hisobot davrida tuman hokimligiga 5 ta Prezident farmoni, 19 ta qaror, 1 ta farmoyish hamda Vazirlar Mahkamasining 7 ta qaror va farmoyishlari asosida tayyorlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining jami 32 ta normativ tusdagi hujjatlari kelib tushgan. Mazkur hujjatlar ijrosini ta’minlash maqsadida tuman hokimining 18 ta qarori qabul qilinib, aniq chora-tadbirlar belgilangan. Qolgan 14 ta hujjat esa tuman miqyosida alohida vazifalarni talab etmaganligi sababli ma’lumot va ijro uchun qabul qilingan.
 

Shundan so‘ng sessiya kun tartibidagi Amudaryo tumani bo‘yicha 2026-yil vegetatsiya davri uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda suv bilan
barqaror ta’minlangan va ta’minlanmagan hududlarda joylashgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilari ro‘yxatini tasdiqlash masalalari yuzasidan tuman Suv yetkazib berish xizmati davlat muassasasi direktori Baxtiyor Davekov hisobot berdi. Hisobotga ko‘ra, 2026 yilda tumanda jami 1725 gektar maydonda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish rejalashtirilgan. Jumladan, 500 gektar maydonda tomchilatib sug‘orish, 575 gektarda yomg‘irlatib sug‘orish, 70 gektarda diskret tizimida sug‘orish, 340 gektarda egiluvchan quvurlar orqali sug‘orish hamda 240 gektarda egatga plyonka
to‘shab sug‘orish tizimlarini joriy etish ko‘zda tutilgan.
 

Sessiyada Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi Amudaryo tuman bo‘limi faoliyati yuzasidan davlat inspektori Sarvar Qo‘chqorov ham hisobot berdi. Unda qayd etilishicha, “Yashil makon” milliy loyihasi doirasida 2025 yil kuz mavsumida rejadagi 820 ming dona daraxt ko‘chatiga o‘rniga amalda 827 ming 347 dona ko‘chat ekilib, reja 100,9 foizga bajarilgan. Ijtimoiy soha ob’ektlarida, xususan, ta’lim muassasalarida 10 ming dona va sog‘liqni saqlash ob’ektlarida 10 ming 500 dona daraxt ko‘chatlari ekilib, belgilangan vazifalar ortig‘i bilan bajarilgan. 

Sessiya kun tartibiga, shuningdek, yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy
savodxonligini oshirish, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish masalalari ham kiritildi. Mazkur yo‘nalishlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yoshlar bandligini ta’minlash, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirishga xizmat qilishi alohida ta’kidlandi.
 

Shuningdek, Amudaryo tumani byudjetining qo‘shimcha manbalarini aniqlash hamda ulardan samarali foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash masalasi, Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining “Amudaryo tumanidagi aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini 2026 yilda ishga joylashtirish uchun ish o‘rinlarining eng kam sonini belgilash va zaxiraga qo‘yish to‘g‘risida”gi qarori ilovasiga tuzatish kiritish masalasi ham sessiya kun tartibidan o‘rin oldi. Mazkur masalalar yuzasidan bildirilgan taklif va mulohazalar har tomonlama muhokama qilinib, tegishli qarorlar
qabul qilindi.
 

Shu bilan Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 20-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 10