Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
DEPUTAT MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANDI

DEPUTAT MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANDI

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi deputati B.Suyunov tomonidan hozirgi kunda Sardoba tuman tibbiyot muassasasida faoliyat yuritayotgan tibbiyot xodimlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilmaganligi kuzatilmoqda. Jumladan, xodimlar uchun alohida kiyinish xonasi mavjud emasligi jiddiy muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Shu sababli, tibbiyot xodimlari majbur holda qozonxonada kiyinib-yechinishga to‘g‘ri kelmoqda. Bu esa nafaqat noqulaylik tug‘dirmoqda, balki sanitariya-gigiyena talablariga ham javob bermaydi.

Mazkur holat xodimlarning mehnat samaradorligiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, shuningdek, ularning sog‘lig‘i va kayfiyatiga ham ta’sir etishi mumkin.

Shu munosabat bilan, mas’ul tashkilotlardan tibbiyot xodimlari uchun zamonaviy talablarga javob beradigan, qulay va sanitariya me’yorlariga mos kiyinish xonasini tashkil etish bo'yicha tegishli tashkilotga zarur tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 1