Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
Kengash qarori ijrosi nazoratga olindi

 Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi kotibiyati mudiri G.Bobojonova hamda tuman Kengashi deputati A.Shermatovlar Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yil 21-fevral kungi VII-113-15-1-26-K/26-sonli qarori ijrosini ta’minlash va uning amaliy
natijalarini o‘rganish maqsadida tumandagi
13-maktabga tashrif buyurdilar. Mazkur tashrif davomida maktabda tashkil etilgan
“Jasorat xonalari”ning holati, ularni jihozlash ishlari hamda ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi atroflicha o‘rganildi.
 

Kengash qaroriga muvofiq, yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda jasorat tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Jasorat xonalari”ni jixozlash uchun mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan moliyaviy resurslar ajratilgan. O‘rganish jarayonida deputatlar tomonidan xonalarning jihozlanish darajasi, undagi ko‘rgazmali vositalar, zamonaviy texnik jihozlar mavjudligi ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ajratilgan mablag‘larning maqsadli va samarali sarflanishi ustidan nazorat olib
borildi
. 

Slide 1 of 6