Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
янв.21
Xalq deputatlati tuman Kengashi deputati A.Yursunov Ko‘mirchi MFYda aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlanish holatini o‘rgandi.
янв.21
24-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi sport zali o‘rganildi.
янв.21
Oltiariq tuman Kengashi vakillari Mustaqillik MFYdagi ichki yo‘llar holatini o‘rgandilar.
янв.21
Maʼorif MFYda elektr taʼminoti holati oʻrganildi
янв.21
Fidoyi ustoz bilan uchrashuv yoshlarni ezgu maqsadlarga chorladi
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputatlari boshchiligida tuzilgan ishchi guruh tomonidan tumanda huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi samaradorligi hamda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosi yuzasidan keng qamrovli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.

Mazkur ishchi guruh faoliyati Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi yigirma to‘rtinchi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masalalar doirasida tashkil etilib, unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-son Farmoni ijrosiga alohida e’tibor qaratildi.

🔖 O‘rganish jarayonida:

➡️Tuman Kadastr agentligi hamda Davlat kadastri palatasi tuman bo‘limlari faoliyati chuqur tahlil qilindi;

➡️Ishchi guruh tomonidan maxsus ishlab chiqilgan savolnoma asosida tizimli monitoring olib borildi;

Fuqarolardan kelib tushgan murojaat va shikoyatlar atroflicha o‘rganildi.

📄 Aniqlangan holatlar:

1⃣ 2025-yil davomida tuman bo‘limida 2 ta korrupsiyaviy holat aniqlangan bo‘lib, ushbu holatlar bo‘yicha aybdor xodimlar ishdan bo‘shatilib, qonuniy tartibda javobgarlikka tortilgan;

2⃣ Yer uchastkalarini noqonuniy qayta rasmiylashtirish, qalbaki kadastr hujjatlari tuzish hamda reestr ma’lumotlarini soxtalashtirish bilan bog‘liq 2 ta holat aniqlangan;

3⃣ Yer uchastkalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish muddatlariga asosan amal qilinayotgani qayd etildi;

4⃣ Tuman bo‘limi xodimlari ustidan fuqarolar tomonidan berilgan murojaat va shikoyatlar ishchi guruh tomonidan batafsil ko‘rib chiqildi.

👥 Mazkur jarayon Kengash rahbariyati va doimiy komissiya raisi boshchiligida tashkil etilib, barcha mas’ul tashkilotlar faoliyati joyiga chiqqan holda tahlil qilindi.

⚠️ O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, korrupsion xavflarni kamaytirish hamda tizim samaradorligini yanada oshirish yuzasidan aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

📌 Shuningdek, mazkur o‘rganish natijalari Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining tegishli doimiy komissiyasi majlisida atroflicha muhokama qilinishi belgilandi.

✅ Kelgusida ushbu yo‘nalishda Kengash nazorati yanada kuchaytiriladi hamda qonunchilik ijrosi ustidan tizimli monitoring davom ettiriladi.

Slide 1 of 7