Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTIARIQ TUMAN KENGASHI DEPUTATI, “SHUHRAT” MEDALI SOHIBI QILICHBEK DADAPARPIYEVICH AHMEDOV FAOLIYATI
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Deputatlar tomonidan Oqbo‘yra mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida sog‘liqni saqlash vazirligiga taklif kiritildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining sayyor qabulida kelib tushgan murojaatlarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
янв.21
Kecha qaror qabul qilinib-bugun ijrosi ta’minlandi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n sakkizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat so‘rovi ijobiy xal etildi
янв.21
Yangi ta’lim-tarbiya maskani ish boshladi
янв.21
Oltiariq tumanida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar qo‘llab-quvvatlanmoqda
Deputat maktabda

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tuman Kengashi deputati N.R. Qurbonova 10-“Saidlar” saylov okrugida joylashgan 8-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, hududdagi maktab va maktabgacha ta’lim muassasalarida davomad, darslar sifati hamda ichki muhit holatini o‘rgandi.

Ma’lum bo‘lishicha, maktabda jami 803 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Shundan 446 nafari yoki 55,5 foizini qizlar tashkil etadi. O‘qituvchilarning 91,2 foizi xotin-qizlardan iborat.

O‘tgan o‘quv yilida maktabni tamomlagan 55 nafar bitiruvchining 58,2 foizi respublikamiz oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirgan bo‘lsa, ulardan 22 nafari davlat OTMlariga o‘qishga kirishga muvaffaq bo‘lgan.

Deputat N.R. Qurbonova yosh avlodni tarbiyalashda maktab, mahalla, ota-onalar hamda deputatlar hamkorligini kuchaytirish orqali ta’lim sifatini yanada oshirish yuzasidan qator takliflar bildirdi.