Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Oltiariq tumanida saylovchilar bilan uchrashuv va bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
янв.21
Yurakka yo‘l” – mehr va e’tibor ifodasi
янв.21
Deputat va yoshlar uchrashuvi
янв.21
Shukronalik ruhi — mahallalarda!
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashining navbatdagi VII-chaqiriq o‘n toʻqqizingchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“Mening bog‘im” loyihasi doirasida tashkil etilayotgan yashil jamoat parki qurilishining ijrosi yuzasidan aniqlangan kamchiliklar bo‘yicha deputatlar tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputati F.Xamidov tomonidan o‘z saylov okrugidagi fuqarolar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi.
янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi

 🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF–17-son Farmoniga muvofiq, “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi belgilab berilgan.

 ⚙️ Mazkur Farmon asosida xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2025-yil 3-noyabrdagi III-19-107-14-202-K/25-sonli qarori qabul qilinib, jamg‘arma mablag‘larini aniq yo‘nalishlarga yo‘naltirish hamda ularning samarali sarflanishini ta’minlash vazifalari belgilab berilgan.

 ↗️ Mazkur qaror asosida tumanda aholining hayot kechirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy-amaliy va infratuzilmaviy muammolarni bartaraf etish, shuningdek ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar belgilab berilgan. Xususan, Tinchlikobod mahallasida joylashgan 44-sonli umumta’lim maktabining 6 ta o‘quv xonasini mukammal ta’mirlash hamda zamonaviy jihozlar bilan ta’minlash ushbu qaror doirasidagi muhim loyihalardan biri hisoblanadi.

 🔵 Shu munosabat bilan xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov mazkur qaror ijrosini o‘rganish, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishini nazorat qilish maqsadida 44-sonli maktabga tashrif buyurdilar.

 💼 Tashrif davomida maktabdagi fizika, kimyo, kasbga yo‘naltirish, IT hamda boshqa o‘quv xonalarida olib borilayotgan ta’mirlash va jihozlash ishlari batafsil ko‘zdan kechirildi. O‘quv xonalarini zamonaviy uskunalar bilan jihozlash, o‘quvchilar uchun qulay va sifatli ta’lim muhitini yaratish borasidagi ishlar atroflicha tahlil qilindi.

 ✅ O‘rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ul tashkilotlar vakillariga aniq topshiriqlar berilib, ishlarni belgilangan muddatlarda sifatli yakunlash bo‘yicha zarur ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, mavjud sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi.

 🗣 Mazkur nazorat tadbirlari orqali jamg‘arma mablag‘larining ochiq va samarali sarflanishini ta’minlash, ularning har bir so‘mi aholiga, ayniqsa yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga xizmat qilishiga erishish ko‘zda tutilgan.

Slide 1 of 8