Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
19-O‘zbekiston saylov okrugida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Oltiariq tuman Kengashi deputatlari tomonidan 22-Katput saylov okrugida aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Qo‘rg‘oncha va Jarqo‘rg‘on MFYlarida uzum bog‘larini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar olib borilmoqda
янв.21
Shodiyona MFYda elektr ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amaliy ishlar boshlandi
янв.21
“Ayollar daftari” doirasida xotin-qizlar bandligini ta’minlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda
янв.21
Beruniy MFYda elektr ta’minoti yaxshilanadi
янв.21
Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda
янв.21
“Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyili asosida ustuvor vazifalar muhokama qilindi
янв.21
Xalq deputtalari tuman Kengashi qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Zarxal MFYdagi transformator muammosi bartaraf etildi
Yoshlar siyosati — deputat e’tiborida

📌 Yoshlar siyosati — deputat e’tiborida

👤 Xalq deputatlari tuman Kengashining 8-Balandchayla saylov okrugi deputati O.Xo‘janov tomonidan yoshlar o‘rtasida “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘RQ-406-sonli Qonun ijrosi yuzasidan atroflicha o‘rganish ishlari olib borildi.

🔍 O‘rganishlar davomida yoshlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bandligini oshirish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar o‘rtasida huquqiy madaniyatni yuksaltirish va ularni turli salbiy illatlardan asrash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📣 Shu bilan birga, deputat tomonidan mazkur qonunning mazmun-mohiyatini keng tushuntirish, uning amaliy ahamiyatini yoshlar va aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish ishlari olib borildi.

💡 Fuqarolarga, ayniqsa yoshlarga, davlat tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlar va qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.