Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Qishloq xo‘jaligi yer uchastkalarini ijaraga berish tizimi ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlarini modernizatsiya qilish va yangi maktab binosi qurilishi yuzasidan o‘rganish ishlari to‘g‘risida
янв.21
Navbahor MFYda ichki yo‘llarni asfaltlash masalasi ijobiy hal etildi
янв.21
Oltiariq tumanida qonunchilik hujjatlari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Oltiariq tumanida suv yetkazib berish tizimi va kollektor-drenaj tarmoqlari holati o‘rganildi.
янв.21
XALQ DEPUTATLARI OLTIARIQ TUMAN KENGASHI DEPUTATI, “SHUHRAT” MEDALI SOHIBI QILICHBEK DADAPARPIYEVICH AHMEDOV FAOLIYATI
янв.21
Deputat va mahalla yettiligi uchrashuvi
янв.21
Deputatlar tomonidan Oqbo‘yra mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
Deputat so‘rovi natijasida sog‘liqni saqlash vazirligiga taklif kiritildi
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisining sayyor qabulida kelib tushgan murojaatlarni hal etish yuzasidan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda
#Deputat_sorovi Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi

#Deputat_sorovi

Yo‘l harakati xavfsizligi masalasi yuzasidan viloyat Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga deputat so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi 3-So'zangaron saylov okrugidan saylangan, O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O‘zLiDeP) a’zosi Abdullayeva Nargiza Nurmamatovna tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarildi.

✅Samarqand davlat tibbiyot universiteti huzuridagi L.M. Isaev nomidagi mikrobiologiya, virusologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-tadqiqot instituti ma’muriyati tomonidan yo‘l harakati xavfsizligi bilan bog‘liq muammo yuzasidan murojaat kelib tushdi.

✅Mazkur institut 2024-yil aprel oyidan Samarqand viloyati, Samarqand tumani, Ulug‘bek MFY, Yangiariq hududi, Yurt iftixori ko‘chasi 8-uy manzilida, A-378 halqa yo‘li yaqinida faoliyat yuritib kelmoqda.

✅Institut va klinika respublika miqyosida yagona hisoblanib, bu yerga har kuni mamlakatimizning turli hududlaridan hamda xorijiy davlatlardan 300 nafarga yaqin bemorlar murojaat qilmoqda. Ularning aksariyatini voyaga yetmagan bolalar tashkil etadi.

👍Ayni paytda klinikaga kelayotgan bemorlar, aholi va talabalar yo‘lni kesib o‘tishda jiddiy qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Xususan, piyodalar yo‘lakchasi va svetofor mavjud emasligi sababli, fuqarolar beton to‘siqlardan oshib o‘tishga majbur bo‘layotgani xavfsizlik nuqtai nazaridan jiddiy muammo tug‘dirmoqda.

👍Bundan tashqari, 2025-yil 2-sentyabrdan boshlab universitetning Epidemiologiya kafedrasining 200 nafarga yaqin talabalari ham mazkur hududga ko‘chirilgani, ularning bir qismi xorijiy talabalar ekani mazkur masalaning dolzarbligini yanada oshirmoqda.

👍Mazkur holat yuzasidan deputat tomonidan Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasiga rasmiy so‘rov yuborildi. Unda A-378 halqa yo‘lining Yurt iftixori ko‘chasiga tutash qismida tezlikni cheklovchi belgilar, piyodalar o‘tish yo‘lakchasi hamda svetofor o‘rnatish orqali yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar ko‘rish so‘ralgan.

👍Shuningdek, masalani joyiga chiqib o‘rganish, aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilash hamda ijobiy yechim topilishida amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi ta’kidlangan.

👍 Shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga belgilangan muddatlarda javob taqdim etilishi lozimligi eslatib o‘tilgan.Ushbu masalaning ijobiy hal etilishi hudud aholisi va fermer xo‘jaliklari uchun muhim ahamiyat kasb etadi.

✅ @sam_vil_deputatlari 📱Facebook (https://www.facebook.com/profile.php?id=61580580010418)

Slide 1 of 1