Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
“GULZOR” MAHALLASIDA 9 OYLIK FAOLIYAT SARHISOB QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: 29-SONLI MAKTABDA YANGI O‘QUV BINO QURILISHI LOYIHASI O‘RGANILDI
янв.21
OBODONLASHTIRISH VA YO‘L INFRASTRUKTURASI: DEPUTATLIK NAZORATI DAVOM ETMOQDA
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati To‘rabek Nazarov 2026-yil III chorak davomidagi faoliyati yuzasidan saylovchilar oldida axborot berdi
янв.21
Fuqarolar murojaati deputat e’tiborida
янв.21
SAYLOVCHILAR BILAN OCHIQ MULOQOT: DEPUTATLIK FAOLIYATI YUZASIDAN AXBOROT BERILDI
янв.21
SAVOL VA JAVOB: FAVQULODDA VAZIYATLAR BO‘YICHA HAMKORLIK VA MUROJAATLAR TAHLILI
янв.21
FAVQULODDA VAZIYATLARNING OLDINI OLISH VA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#deputat_faoliyati
#162_qonun
#24_ta_masala

Navbahor mahallasida oilaviy tadbirkorlik, bandlik o‘rganildi

✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi tomonidan Oliy Majlis Senati tavsiyasiga muvofiq mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida joylarda o‘rganish va nazorat-tahlil tadbirlari izchil davom ettirilmoqda.

✅Jumladan, deputatlarga biriktirilgan qonunlar taqsimoti doirasida ishlab chiqilgan savolnomalar asosida O‘zbekiston Respublikasining “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan amaliy o‘rganish ishlari tashkil etildi.

✅Shu maqsadda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonov  Kengashning 11-"Bag'rikeng" saylov okrugi deputati J.Abdinazarov okrugiga qarashli “Bag'rikeng” mahallasiga tashrif buyurib, hududda aholi bandligini ta’minlash, oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolar daromadlarini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

✅O‘rganish davomida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyati samaradorligi, xususan, aholini kambag‘allikdan chiqarish, doimiy daromad manbalarini yaratish, oilaviy tadbirkorlik loyihalarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kreditlar va subsidiya dasturlaridan foydalanish holati tahlil qilindi.

✅O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va qonun hujjatlari ijrosini ta’minlash bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 1