DEPUTAT FAOLIYATI: MAHALLADAGI ISHLAR O‘RGANILDI
🏛 Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati N. Dusmurodov Novchandir mahallasida bo‘lib, mahallada amalga oshirilayotgan ishlar va mavjud muammolar bilan tanishdi.
🔎 O‘rganish davomida mahalla hududidagi mavjud masalalar, aholi uchun yaratilgan sharoitlar hamda fuqarolarni qiynayotgan muammolarga e’tibor qaratildi.
🤝 Shuningdek, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, hududni obodonlashtirish va fuqarolar turmush sharoitini yaxshilash borasidagi vazifalar yuzasidan fikr almashildi.
✅ Deputatlik faoliyati doirasida hududdagi muammolarni aniqlash, ularning yechimi bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlik qilish hamda aholi manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.🇺🇿Rasmiy sahifalarimiz! ✔️