Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI

#poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️PARLAMENT KOMISSIYASI GRANT TANLOVLARI G‘OLIBLARINI TASDIQLADI

🏛 21-oktabr kuni Oliy Majlis Senatida Fuqarolik jamiyati institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi mablag‘larini boshqarish bo‘yicha Parlament komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda Parlament komissiyasi a’zosi, Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi raisi, senator Rustamxon Kalanov ishtirok etdi.

📋 Unda O‘zbekiston–Ozarbayjon qo‘shma grant tanlovi va 2026-yilgi ikkinchi davlat granti tanlovi natijalari, uchinchi davlat granti tanlovini e’lon qilish hamda “Fuqarolik jamiyati haftaligi”ni tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi.

🤝 O‘zbekiston va Ozarbayjon nodavlat notijorat tashkilotlari uchun o‘tkazilgan qo‘shma grant tanloviga kelib tushgan 21 ta loyiha ekspertlar tomonidan baholanib, 2 ta fuqarolik jamiyati instituti loyihasi g‘olib deb topildi.

🔺 Shuningdek, munosib mehnat tamoyillariga rioya etilishini monitoring qilish, nogironligi bo‘lgan bolalar uchun neyroreabilitatsiya xizmatlarini rivojlantirish, maishiy korrupsiyaning oldini olish, odam savdosi jabrdiydalarini psixologik reabilitatsiya qilish va kasbga yo‘naltirish, muammoli oilalar bilan manzilli ishlash hamda mahallalar infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan ikkinchi davlat granti tanlovi natijalari muhokama qilindi.

📊 Mazkur tanlovga kelib tushgan 700 ta loyiha orasidan 88 ta fuqarolik jamiyati instituti g‘olib sifatida tasdiqlandi. Ularning tashabbuslarini amalga oshirish uchun jami 11,6 milliard so‘m yo‘naltirilishi rejalashtirildi.

♻️ Yig‘ilishda 2026-yilgi uchinchi davlat granti tanlovini e’lon qilish to‘g‘risida ham qaror qabul qilindi. Tanlov xotin-qizlar va bolalar huquqlarini himoya qilish, gender tenglikni ta’minlash, korrupsiya va zo‘ravonlikning oldini olish, ekologik muammolarni hal etish, ta’lim va sog‘liqni saqlash sohalarida jamoatchilik nazoratini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarni qamrab oladi.

💡 Shuningdek, mahallalar infratuzilmasini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar uchun qariyb 7,1 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilandi.

🗓 Yig‘ilishda joriy yilning dekabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan **“Fuqarolik jamiyati haftaligi”**ni tashkil etish masalasi ham muhokama qilinib, fuqarolik jamiyati institutlarining murojaatlari ko‘rib chiqildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10