Jańalıqlar

Sońǵı jańalıqlar

янв.21
Boshqaruv servis kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
65-DMTTda o‘rganish ishlari olib borildi
янв.21
2027-YIL UCHUN IJTIMOIY EHTIYOJMAND AHOLI BANDLIGINI TA’MINLASH MASALASI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATINING HUQUQIY ASOSI: QONUNLARNI O‘RGANISH VA IJROSINI TA’MINLASH
янв.21
AHOLI MUROJAATLARI BILAN ISHLASH HOLATI TAHLIL QILINDI
янв.21
OLMAZOR TUMANIDA 2026–2027-YILLAR KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK ISHLARI
янв.21
OBODONLASHTIRISH SOHASIDA DEPUTATLIK NAZORATI: MUAMMOLAR ANIQLANIB, MAS’ULLARGA ANIQ VAZIFALAR BELGILANDI
янв.21
24 USTUVOR YO‘NALISH: SPORT ZAL VA FUTBOL MAYDONI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Mahalliy budjet, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirish va tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha hamda Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalar qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

#deputat_axboroti #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️XALQ DEPUTATLARI TOSHKENT SHAHAR KENGASHI DEPUTATI TOSHPO‘LAT MATIBAYEV 2026-YILNING UCHINCHI CHORAGI BO‘YICHA SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Toshpo‘lat Matibayev Mirobod tumanidagi saylovchilar bilan uchrashib, 2026-yilning uchinchi choragi davomida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati, hududlarda olib borilgan o‘rganishlar, aholi murojaatlari haqida axborot berdi.

🤝 Uchrashuvda Mirobod tumani hokimligi mas’ul xodimlari, tuman Kengashi deputatlari va kotibiyati vakillari, tegishli tashkilotlar mutasaddilari, mahalla raislari, “Mahalla yettiligi” a’zolari, nuroniylar, mahalla faollari, yoshlar hamda saylovchilar ishtirok etdi.

📋 Deputat axborotida mazkur mahallalarda aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, kommunal infratuzilmani yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik hamda obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

🔺 “Furqat” mahallasida fuqarolar bandligini ta’minlash, o‘zini o‘zi band qilish va kasb-hunarga o‘qitish yo‘nalishlarida ishlar olib borilib, 28 ta kichik xizmat ko‘rsatish mikrol loyihasi tashkil etilgan.

📨 Mazkur mahalladagi dolzarb muammolar yuzasidan deputat Toshkent shahar hokimining tegishli o‘rinbosariga deputatlik so‘rovi yuborgan. Unda elektr energiyasi, tabiiy gaz va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, tungi yoritish va sug‘orish tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, 2026-yilgi “Obod mahalla” dasturi doirasida amalga oshirilayotgan qurilish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda obodonlashtirish ishlarining sifatini ta’minlash masalalari ko‘tarilgan.

♻️ “Banokatiy” mahallasida Banokatiy ko‘chasi 26-uy oldida piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash yuzasidan alohida deputatlik so‘rovi kiritilgan. Taqdim etilgan rasmiy javobda mazkur hududda piyodalar o‘tish joyini tashkil etish bo‘yicha tegishli ko‘rsatma berilgani, shuningdek, jamoat transporti bekatini o‘rnatish belgilanganligi ma’lum qilingan.

🔎 “Sariko‘l” mahallasida aholi bandligi va daromadlarini oshirish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar doirasida 18 ta kambag‘al oiladan 2 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan, hududda 16 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Shuningdek, mahallada 715 ta daraxt ko‘chati va butalar ekilgan.

⚡️ Mazkur mahallada elektr tarmog‘idagi kuchlanish bilan bog‘liq muammolar, qo‘shimcha transformator o‘rnatish, jamoat transporti bekatlarini tashkil etish hamda ichki yo‘llar holatini yaxshilash masalalari muhokama qilindi.

🏫 Shuningdek, deputatlarning saylov okruglaridagi dolzarb muammolar bo‘yicha takliflari asosida mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan mablag‘ ajratish amaliyoti doirasida Mirobod tumanidagi 214-sonli umumta’lim maktabining kanalizatsiya tizimini ta’mirlash uchun 250 million so‘m mablag‘ yo‘naltirish masalasi yuzasidan olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi.

🗣 Uchrashuvning savol-javob qismida mahallalardan qatnashgan fuqarolar o‘zlarini qiziqtirgan masalalar yuzasidan fikr va takliflarini bildirdilar.

💡 Xususan, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minotidagi ogohlantirishsiz uzilishlar, ayrim ichki ko‘chalarni ta’mirlash, mavjud bolalar maydonchalarini yangilash, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, kommunal xizmatlar sifati hamda ijtimoiy sohadagi muammolar muhokamalarning asosiy mavzularidan bo‘ldi.

🗣 Deputat Toshpo‘lat Matibayev saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish, zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborish hamda mavjud muammolarning amaliy yechimiga erishish muhimligini ta’kidladi.

✅ Uchrashuv yakunida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan masalalarni joyiga chiqib o‘rganish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralarni belgilash, amalga oshirilayotgan ishlarning sifatini nazorat qilish hamda murojaatlar ijrosini deputatlik nazoratida olib borish vazifalari belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10