#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala
#162_ta_Qonun
👩💼 MAHALLA XOTIN-QIZLAR FAOLINING ISH FAOLIYATI O‘RGANILDI
👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Safarov tomonidan Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 10-Chag‘atoy saylov okrugi deputati Q.Raxamov saylov okrugiga qarashli “Chag‘atoy” mahallasida mahalla xotin-qizlar faoli M.Mamataliyeva sh faoliyati o‘rganildi.
🤝 O‘rganish davomida deputatlik faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-son Farmoni ijrosini ta’minlash borasida belgilangan vazifalar muhokama qilindi.
🗣 Shuningdek, mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash va hal etish, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholi bilan manzilli ishlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ Muloqot yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini oshirish va mahalla faollari bilan hamkorlikni mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube