#162_ta_Qonun
#PF_193_son_Farmon_ijrosi
#Kotibiyat_mudir_ish_rejasi
#Ish_reja_ijrosi
#Oylik_ish_reja_ijrosi
📌 “Boyqishloq” mahallasida Farmon ijrosi o‘rganildi
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi, 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O. Tursunov o‘z saylov okrugiga qarashli “Boyqishloq” mahallasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 11-sentabrdagi PF–193-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
🔹 O‘rganish davomida aholi daromadlarini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishildi.
🔹 Shuningdek, fuqaroning yashash sharoiti, atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish yuzasidan tegishli masalalar ko‘rib chiqildi.
Mazkur o‘rganishlar Farmon ijrosini ta’minlash, fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha deputatlik nazoratini amalga oshirishga qaratildi.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube